MILLIY FOLKLORSHUNOSLIK MAKTABINING SHAKLLANISHI VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI

Mualliflar

  • Munisjon Hakimov O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Nodir qo‘lyozmalar bo‘limi mudiri, katta ilmiy xodim, PhD Author

Kalit so‘zlar:

ilmiy vorisiylik, an’ana, oʻzbek folklorshunosligi, ilmiy maktab, ustoz va shogird, ilmiy axloq, ma’naviy mas’uliyat, ilmiy xotira, Toʻra Mirzayev.

Abstrak

Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyotidagi an’ana va vorisiylik muammosi akademik Toʻra Mirzayevning “Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar” nomli memuar-ilmiy asari asosida falsafiy va bilish nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Maqolada ilmiy maktablarning shakllanishi, ustoz va shogird munosabatlaridagi ma’naviy mas’uliyat, ilmiy bilimni omonat sifatida asrab-avaylash falsafasi, “koʻrinmas mehnat”ning ilmiy ahamiyati, shuningdek, oʻzbek folklorshunosligining jahon ilm-fani bilan integrasiyasi kabi masalalar yoritilgan. Tadqiqot natijasida ilmiy vorisiylik faqatgina bilim va nazariyalar uzatilishi emas, balki axloqiy mardonavorlik, ilmiy vijdon va fidoyilik mahsuli ekanligi asoslab berilgan.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-03-26

Nashr

Bo'lim

AKADEMIK TO‘RA MIRZAYEVNING 90 YILLIGI