MILLIY FOLKLORSHUNOSLIK MAKTABINING SHAKLLANISHI VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI
Keywords:
ilmiy vorisiylik, an’ana, oʻzbek folklorshunosligi, ilmiy maktab, ustoz va shogird, ilmiy axloq, ma’naviy mas’uliyat, ilmiy xotira, Toʻra Mirzayev.Abstract
Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyotidagi an’ana va vorisiylik muammosi akademik Toʻra Mirzayevning “Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar” nomli memuar-ilmiy asari asosida falsafiy va bilish nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Maqolada ilmiy maktablarning shakllanishi, ustoz va shogird munosabatlaridagi ma’naviy mas’uliyat, ilmiy bilimni omonat sifatida asrab-avaylash falsafasi, “koʻrinmas mehnat”ning ilmiy ahamiyati, shuningdek, oʻzbek folklorshunosligining jahon ilm-fani bilan integrasiyasi kabi masalalar yoritilgan. Tadqiqot natijasida ilmiy vorisiylik faqatgina bilim va nazariyalar uzatilishi emas, balki axloqiy mardonavorlik, ilmiy vijdon va fidoyilik mahsuli ekanligi asoslab berilgan.Downloads
Published
2026-03-26
Issue
Section
AKADEMIK TO‘RA MIRZAYEVNING 90 YILLIGI
