ABDUQODIR HAYITMETOVNING O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI TAKOMILIDAGI O‘RNI
Kalit so‘zlar:
adabiyotshunoslik, tadqiqot, navoiyshunoslik, matn tahlili, badiiy mahorat, metod, uslub, ilmiy meros.Abstrak
Maqola Abduqodir Hayitmetovning o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. Abduqodir Hayitmetovning ilmiy merosi yaxlit holda olinadigan bo‘lsa, uning nafaqat navoiyshunoslik, balki, umuman, mumtoz adabiyotning juda ko‘p sohalari bo‘yicha jiddiy izlanishlar olib borgani va samarali ilmiy natijalarga erishgani ayon bo‘ladi. Olim faqat o‘zbek mumtoz adabiyoti muammolari bilan shug‘ullanib qolmay, balki Yaqin va O‘rta Sharq mintaqa adabiyoti namoyandalari haqida ham qator tadqiqotlar yaratdi. Ular hamisha asl manbalarga tayanib yozilgani, muammoga tegishli barcha jihatlar atroflicha qamrab olingani, teran tadqiq va har tomonlama tahlillar asosida nazariy xulosalar chiqarilgani bilan muhim ahamiyat kasb etishi haqida mulohazalar yuritilgan.Yuklashlar
Nashr qilingan
2026-03-26
Nashr
Bo'lim
FANIMIZ FIDOYILARI
