Shoira Axmedova
Osiyo xalqaro universiteti professori, filologiya fanlari doktori
Author
Kalit so‘zlar:
Adabiy tanqid, janrlar, adabiy maktub, noma, baho, munaqqid, simpatiya, adib, badiiy matn.
Abstrak
Adabiy tanqidiy maktubning asosini tanqidchining asarga munosabati, u orqali hosil bo‘lgan kayfiyati, ruhiyatidan kelib chiqqan mulohazalar tashkil etadi. Bu badiiy asarlarda ko‘rinuvchi obrazli va aniq ifodalangan ruhiyat emas, balki ko‘p hollarda muayyan asarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz chiqishi, asarda qahramonlar hayotining turlicha talqini munosabati bilan muallifda paydo bo‘lgan kayfiyat, aniq kechinmalar, his-tuyg‘ular ifodasidir. Adabiy-tanqidiy maktub muallifining ruhiyati faqatgina unda tahlil qilinishi ko‘zlangan asarga munosabati, muayyan vaziyatdagi his-tuyg‘usi orqali namoyon bo‘ladi. Bunday maktublarning bir necha xil ko‘rinishlari mavjud. Shu nuqtayi nazardan mazkur maqolaning maqsadi o‘zbek tanqidchiligida tanqidchining yozuvchiga maktublari, ayniqsa, ochiq xatlarni tahlil qilishdan iborat. Ochiq xatlarning adabiy jarayon, yozuvchi ijodi, o‘quvchi dunyoqarashini o‘stirishdagi roli haqida mulohaza yuritish, uning taraqqiyoti, munaqqidlarning ochiq xat yozishdagi mahorati haqida fikr yuritish vazifalari belgilandi.