ILMIY-MA’RIFIY ASARLARNING ADABIYOTDAGI O‘RNI
Kalit so‘zlar:
aqida ilmi, ilmiy-ma’rifiy asar, adabiy manba, she’riy janr, lug‘atlar.Abstrak
Fundamental tadqiqotlar odatda xarakter xususiyatiga ko‘ra muayyan fan sohasi doirasida chegaralanadi. Jumladan, adabiy manbalar adabiyotshunoslik tizimidagi nazariy, amaliy qonuniyatlar asosida o‘rganiladi. Ammo filologiyaga bevosita aloqasi bo‘lmagan manbalarda ham ba’zan adabiy vositalardan, xususan, she’riy janrrlardan keng foydalaniladi. Aljabr, tabobat, aqida, fiqh ilmiga oid ayrim manba matnlarining nazmiy shaklda ham mavjudligi buning isbotidir. Bu kabi manbalar qaysi soha doirasida tekshirilishi kerak, degan muammo ularning adabiy qimmatini o‘rganishga zarurat tug‘diradi. Maqolada ushbu masalalarga oydinlik kiritildi. Shuningdek, So‘fi Olloyorning aqoid ilmiga mansub “Sabotul ojizin” asarining adabiy manba sifatidagi ahamiyati yoritilgan.Yuklashlar
Nashr qilingan
2026-03-26
Nashr
Bo'lim
MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK
