ALISHER NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARIDA ISKANDAR OBRAZI

Mualliflar

  • Xafiza Abduraimova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti Author

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, Aleksandr Makedonskiy, Iskandar, “Saddi Iskandariy”, xronologiya, badiiy transformatsiya, tasavvuf, irfon, Sharq adabiyoti, epik dostonchilik.

Abstrak

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodidagi Iskandar obrazi va tarixiy shaxs Aleksandr Makedonskiy o‘rtasidagi xronologik hamda g‘oyaviy mutanosiblik masalalari tadqiq etilgan. Muallif Navoiy asarlarida keltirilgan “ikki ming yillik” vaqt oralig‘ini tarixiy kontekstda tahlil qilib, uni o‘sha davr tarixshunosligidagi an’anaviy yaxlitlash usuli sifatida asoslaydi. Maqolada Iskandar obrazining G‘arbdagi prototipdan Sharq adabiyotidagi komil inson va ideal shoh timsoliga transformatsiya bo‘lish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy va Navoiy asarlaridagi Iskandar talqinining qahramonlik eposidan tasavvufiy-irfoniy falsafaga o‘tish bosqichlari qiyosiy tahlil qilingan.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-03-26

Nashr

Bo'lim

NAVOIY ABADIYATI