DIALOG – HIKOYATNING ASOSIY BAYON USULI
Saddi Iskandariy hikoyatlari misolida
Ключевые слова:
Dialog, badiiy asar, hikoyat, muallif, jonli dialoglar, xayoliy dialoglar, ichki dialog.Аннотация
“Saddi Iskandariy” dostonida keltirilgan dialoglar badiiy matnning faqat kompozitsion elementi sifatida emas, balki asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini ochib beruvchi muhim estetik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Dialoglar orqali muallif qahramonlarning ichki dunyosi, axloqiy qarashlari va falsafiy mushohadalarini jonli nutq shaklida ifodalaydi. Shu jihatdan dialoglar asarda epik bayon bilan dramatik ifodaning uyg‘unlashuvini ta’minlaydi va o‘quvchiga voqealarni bevosita his qilish imkonini yaratgan. Asardagi dialoglarning asosiy vazifalaridan biri – obrazlarni individuallashtirish va ularning holatdagi portretini ochib berish, qahramonlar o‘rtasidagi savol-javoblar orqali ularning bilim darajasi, dunyoqarashi, axloqiy pozitsiyasi va ichki ziddiyatlari yaqqol namoyon bo‘lishi kabi qarashlar ilmiy asoslangan. Umuman olganda, “Saddi Iskandariy” dostonidagi dialoglar badiiy tizimning ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali asarning g‘oyaviy mazmuni chuqurlashadi, obrazlar tizimi boyiydi va voqelik jonli tasvirlanadi. Dialoglarning funksional ko‘pligi asarni faqat hikoya emas, balki falsafiy-badiiy mushohada darajasiga ko‘taradi. Shu bois, dialoglar doston poetikasining markaziy unsurlaridan biri sifatida baholnagani haqida fikr mulohazalar bayoni berilgan.Загрузки
Опубликован
2026-03-26
Выпуск
Раздел
TANQID VA TAHLIL
