NAVOIY LIRIKASIDA SHAMOL OBRAZI
Ключевые слова:
Alisher Navoiy, lirika, shamol stixiyasi, sabo, nasim, sarsar, quyun, irfoniy semantika, ishq dramatizmi, ruhiy holat, badiiy ramz.Аннотация
Mazkur maqolada Alisher Navoiy lirikasida shamol stixiyasining (sabo, nasim, bod, sarsar, samum, quyun va h.k.) badiiy-falsafiy va irfoniy ma’nolari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda shamol oddiy tabiat hodisasi yoki tasviriy fon sifatida emas, balki inson ichki dunyosi, ishq dramatizmi va ma’naviy kamolot jarayonlarini harakatga keltiruvchi faol poetik kategoriya sifatida qaraladi. Navoiy gʻazallarida shamol orqali anduh va iztirobning qoʻzgʻalishi, oshiq va ma’shuq oʻrtasidagi ramziy masofa, vasldan keyingi ruhiy noziklik, taqdir oldidagi ixtiyorsizlik hamda ilohiy haqiqat sari intilish jarayonlari badiiy jihatdan ifodalanishi koʻrsatiladi. Tahlil natijasida shamol stixiyasi Navoiy poetikasida ma’noni doimiy harakatga soluvchi, ichki va tashqi olamni bogʻlovchi markaziy semantik oʻzak ekani asoslanadi.Загрузки
Опубликован
2026-03-26
Выпуск
Раздел
NAVOIY ABADIYATI
