O‘ZBEK VA KOREYS TILLARIDA YOSHLAR SLENGI: NAZARIY QARASHLAR TAHLILI

Авторы

  • Go‘zal Hazratqulova Turon universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Author

Ключевые слова:

jargon, sleng, ibora, argo, o‘zlashma so‘z, kontaminatsiya, mobil sleng, metafora.

Аннотация

Ushbu maqolada nostandart til hodisasi sifatida milliy til ichida rivojlanayotgan yoshlar slengi o‘zbek va koreys tilidagi namunalardan foydalangan holda tadqiq etilgan. Shuningdek, slengga doir nazariy qarashlar tadrijiy tahlil etilgan. Jamiyatning muhim ijtimoiy qatlamlaridan sanalgan yoshlar nutqi so‘zlashuv hamda adabiy til taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Odatda kundalik muloqotda biz o‘z ma’nosidan uzoqlashgan slenglarni turli ijtimoiy tarmoqlarda, badiiy matnlar va filmlar tarjimasida uchratamiz. Ushbu birliklar orqali uzatilgan axborotlarni o‘z ma’nosida qabul qilish, albatta, kommunikatsiya jarayonining buzilishiga olib keladi. Ushbu tadqiqotda ularning o‘zbek va koreys tillaridagi o‘rni va nazariy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tilgan.

Опубликован

2026-03-26

Выпуск

Раздел

TILSHUNOSLIK