“MALLA SAVDOGAR” DOSTONI VARIANTLARIDA SHOMONLIK TASVIRLARI

Авторы

Ключевые слова:

Malla savdogar, Avazxon, Nuralixon, G‘irko‘k, qalpoq, chol, usta Diyor, yog‘och haykal, shomonlik, mifologik tafakkur, baxshi, epik makon, ruhlar olami, qarg‘ish, afsun, islomiy e’tiqod, folklor.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek xalq dostonchiligi namunasiga mansub “Malla savdogar” dostonida shomonlik e’tiqodlariga oid arxaik tasavvurlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda dostonning turli baxshilar tomonidan kuylangan variantlari asosida mifologik tafakkur, shomoniy marosim unsurlari hamda ularning islomiy e’tiqod bilan qorishib ketgan shakllari ochib beriladi. Xususan, makon va zamon ramzlari, ruhlar bilan aloqa motivi, jonlantirilgan buyumlar, qarg‘ish va afsun unsurlarining badiiy-falsafiy mazmuni yoritiladi. Tadqiqot natijasida “Malla savdogar” dostonida shomonlik an’analari mustaqil e’tiqod sifatida emas, balki islomiy dunyoqarash bilan sintezlangan holda epik syujetni boyituvchi poetik qatlam sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanadi.

Опубликован

2026-03-26

Выпуск

Раздел

OLTIN BESHIK